Our Location

304 North Cardinal St.
Dorchester Center, MA 02124

#Navruz yangilanish va ezgukik bayrami

Xo‘jayli tumani axborot-kutubxona markazida bahor faslining eng go‘zal ayyomi – Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda keng nishonlandi.
Bayram davomida kutubxona jamoasi tomonidan milliy taomlar tayyorlanib, milliy buyumlar bilan bezatilgan ko‘rgazmalar tashkil etildi. Tadbirda xalqimizning boy urf-odat va an’analari aks etirilgan, bayram dasturidan o‘rin olgan qizlar va yigitlar o‘rtasidagi aytishuvlar tadbirga yanada jon bag‘ishlab, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Ishtirokchilar bayramona muhitda birlashib, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashdi va bahorning iliq nafasi qalblarga quvonch olib kirdi.
🌿 Navro‘z – mehr-oqibat, yangilanish va ezgulik timsolidir.

📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

https://t.me/xujayliTAKM https://instagram.com/xojayli_takm https://www.facebook.com/profile.php?id=61576727666387 https://www.youtube.com/@xojaylitakm

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan