Our Location
304 North Cardinal St.
Dorchester Center, MA 02124
Xo’jayli tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni mutolaa qilishga keng jalb etish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qish” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari va faol kitobxonlar tomonidan jamoat joylarida kitob mutolaasining ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbir jarayonida fuqarolarga turli badiiy va ma’rifiy kitoblardan parchalar o‘qib berildi, kitoblarning mazmuni haqida qisqacha ma’lumotlar berilib, kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otildi. Shuningdek, yoshlar bilan samimiy suhbatlar tashkil etilib, ularning qiziqishlariga mos adabiyotlar tavsiya etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇 https://t.me/xujaylikutubxona https://instagram.com/xojayli_takm https://www.youtube.com/@xojaylitakm

