Our Location

304 North Cardinal St.
Dorchester Center, MA 02124

#Mehr_kutubxonasiga_uyga_tashrif

Xo’jayli tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, kitobni aholiga yaqinlashtirish maqsadida “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Qurbaniyazovlar uyga tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida kutubxona xodimlari kitobxon xonadoniga borib, ularning qiziqishlari asosida turli badiiy va ma’rifiy kitoblarni taqdim etdilar. Suhbat jarayonida kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati, yosh avlodni kitobga mehr ruhida tarbiyalash haqida fikr almashildi.
Shuningdek, kitobxonlarga yangi adabiyotlar tavsiya qilinib, kutubxona xizmatlari haqida ma’lumot berildi. Bunday tashriflar kitobxonlar qalbida quvonch uyg‘otib, kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirishga xizmat qiladi.


📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇 https://instagram.com/xojayli_takm https://www.youtube.com/@xojaylitakm

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan