Our Location
304 North Cardinal St.
Dorchester Center, MA 02124
Xo’jayli tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga qarashli 4-sonli maktabda o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirga Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etdilar. Bobo-buvilar, ota-onalar va yoshlar bir davrada jam bo‘lib, samimiy muloqot qilishdi. Keksalarimiz hayotiy tajribasi, o‘rta avlod mas’uliyati va yoshlarning ezgu orzulari bir nuqtada tutashdi.
Tadbir davomida milliy qadriyatlar, oila tarbiyasi, vatanparvarlik va ma’naviyat masalalari muhokama qilindi. Bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va hurmat rishtalarini yanada mustahkamlaydi.
Yurtimizda bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda Mahalla hamkorligida keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇
https://t.me/xujayliTAKM https://www.facebook.com/profile.php?id=61576727666387 https://instagram.com/xojayli_takm https://www.youtube.com/@xojaylitakm


