Our Location

304 North Cardinal St.
Dorchester Center, MA 02124

#Yangi_kelgan_adabiyotlar

12-may kuni Xo’jayli tumani Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yangi kelgan adabiyotlar asosida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada badiiy adabiyotlar, bolalar kitoblari, jahon va o‘zbek adabiyoti namunalari hamda turli sohalarga oid yangi nashrlar o‘rin oldi.
Tadbirning asosiy maqsadi kitobxonlarni yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish, mutolaa madaniyatini oshirish hamda yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Ko‘rgazma davomida tashrif buyuruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib, yangi nashrlarni mutolaa qilish uchun tavsiya oldilar. Kitobxonlar tomonidan ko‘rgazmaga katta qiziqish bildirildi.
📚 Kitob – ma’naviyat va tafakkur manbai!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇 https://t.me/xujaylikutubxona https://instagram.com/xojayli_takm

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan