{"id":1975,"date":"2026-02-26T12:49:19","date_gmt":"2026-02-26T12:49:19","guid":{"rendered":"https:\/\/xojayli-takm.uz\/?p=1975"},"modified":"2026-02-26T12:49:19","modified_gmt":"2026-02-26T12:49:19","slug":"xojeli-rayoni-malimleme-kitapxana-orayi-5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/xojayli-takm.uz\/index.php\/2026\/02\/26\/xojeli-rayoni-malimleme-kitapxana-orayi-5\/","title":{"rendered":"#Xojeli rayon\u0131 M\u00e1limleme kitapxana oray\u0131"},"content":{"rendered":"\n<p><\/p>\n\n\n\n<p>bibliografiya x\u0131zmeti<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"275\" height=\"357\" src=\"https:\/\/xojayli-takm.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/\u0420\u0438\u0441\u0443\u043d\u043e\u043a10.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-1976\" srcset=\"https:\/\/xojayli-takm.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/\u0420\u0438\u0441\u0443\u043d\u043e\u043a10.jpg 275w, https:\/\/xojayli-takm.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/\u0420\u0438\u0441\u0443\u043d\u043e\u043a10-231x300.jpg 231w\" sizes=\"(max-width: 275px) 100vw, 275px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p>\u201cBadiiy so\u02bbzni jonlantirgan ijodkor\u201d\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00d3zbekstan xal\u0131q jaz\u0131wsh\u0131s\u0131\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0O\u02bbtkir Xoshimov tuw\u0131l\u01f5an\u0131na 85 j\u0131l.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Tavsiya bibliografiyasi<\/p>\n\n\n\n<p>XX asr ikkinchi yarmi o\u02bbzbek adabiyoti, aniqrog\u02bbi, nasri rivojida O\u02bbtkir Hoshimovning munosib o\u02bbrni bor. Yozuvchi o\u02bbz asarlarida hamisha haq gapni aytishga intildi. Shu bois ham ijodkorning hikoya, pyesa, romanlari xalqimizning sevimli asarlari qatoridan o\u02bbrin oldi. O\u02bbtkir Hoshimovning yana bir xislati, adib hech qachon yolg\u02bbon gap aytmagan. U o\u02bbtkinchi mayllarga berilmay, so\u02bbz san\u2019atining azaliy muammosi shaxs jumbog\u2019i, ijtimoiy adolat tuyg\u2019usi ifodasi bilan qiziqdi. Adabiyot dunyosida \u201cnasrdagi tarona\u201d, \u201cnasrdagi shoir\u201d atamalari bor. Yangi o\u02bbzbek adabiyotida Abdulla Qodiriy bilan Said Ahmad haqli ravishda prozaning shoiri deb nom olganlar. Zamonaviy o\u02bbzbek adabiyotida &nbsp;O\u02bbtkir Hoshimovni ham nasrdagi shoir,&nbsp; &nbsp;yetuk asarlarini esa nasrdagi qo\u02bbshiq, tarona deb atash mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan esa yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyatiga qiziquvchi o\u2018quvchilar, o\u2018qituvchilar, talaba yoshlar va barcha foydalanuvchilar uchun adabiyotlarning Tavsiya bibliografiyasi tayyorlanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu tavsiya ro\u2018yxati 3 qismdan iborat<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; 1. O\u02bbtkir Hoshimovning &nbsp;hayoti<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; 2. O\u02bbtkir Hoshimovning ijodi.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; 3. O\u02bbtkir Hoshimovning<strong> <\/strong>mukofotlari<\/p>\n\n\n\n<p><strong>O\u02bbtkir Hoshimovning<\/strong><strong> &nbsp;<\/strong><strong>hayoti<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi O\u2018tkir Hoshimov Toshkentning Do\u2018mbirobod dahasida 1941 yilning 5 avgustida tavallud topgan bo\u2018lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u o\u2018rta maktabni a\u2019lo baholar bilan bitirgan bo\u2018lsa ham oilaviy sharoiti yuzasidan ishlab turib o\u2018qishga majbur bo\u2018lgan. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining sirtqi bo\u2018limida o\u2018qish bilan \u201cTemir yo\u2018lchi\u201d, \u201cToshkent haqiqati\u201d, \u201cQizil O\u2018zbekiston\u201d kabi gazetalarda turli yumushlarni bajargan. 1966\u20141982 yillarda \u201cToshkent oqshomi\u201d gazetasida bo\u2018lim mudiri, 1982\u20141985 yillarda G\u2018.G\u2018ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o\u2018rinbosari, 1985 yildan boshlab esa \u201cSharq yulduzi\u201d jurnalining bosh muharriri bo\u2018lib ishlab keladi. U O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati hamda Matbuot va axborot qo\u2018mitasining raisi bo\u2018lib ham ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Ijodi<\/strong> O\u2018tkir Hoshimov ijodi publitsistikadan boshlangan bo\u2018lib, birinchi kitobi 1962 yilda \u201cPo\u2018lat chavandoz\u00bb nomi bilan bosilib chiqqan. Uning ilk hikoyasi esa 1963 yili \u201cTo\u2018rt maktub\u201d nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik mazkur hikoya asosida \u201cCho\u2018l havosi\u201d (1963) qissasi yaratilgan. Mazkur qissa haqida ustoz Abdulla Qahhordan olingan maktub, yosh adib ilhomiga ilhom qo\u2018shdi, dalda berdi. Shundan so\u2018ng uning \u201cOdamlar nima derkin\u201d, \u201cShamol esaveradi\u201d qissalari maydonga keldi. Ayniqsa, adibning \u201cBahor qaytmaydi\u201d (1970), \u201cQalbingga quloq sol\u201d (1973) kabi qissalari yozuvchiga shuhrat keltirdi. <strong>Davlat mukofatlari<\/strong> 1976 yilda mazkur asarlar muallifi Respublika Yoshlar mukofotiga sazovor bo\u2018ldi. Adib \u201cNur borki, soya bor\u201d (1976) romanida jamiyat ijtimoiy hayotidagi illatlarni, turg\u2018unlikning mohiyatini ochish asnosida davrning muhim ma\u2019naviy-axloqiy masalalarini ko\u2018tarib chiqdi. Shundan so\u2018ng u yana bir go\u2018zal asarni \u2014 O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek mukofoti bilan taqdirlangan \u201cDunyoning ishlari\u201d (1982) qissasini yaratib, ma\u2019naviyat haqidagi bahsni davom ettirdi. O\u2018tkir Hoshimov ijodida \u201cIkki eshik orasi\u201d romani alohida ahamiyatga ega bo\u2018ldi. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o\u2018z ichiga olgan va bir qator chigal hamda murakkab taqdirlar misolida o\u2018z xalqining tarixiy qismatini mahorat bilan umumlashtirib berdi. Shu tufayli ham O\u2018. Hoshimov romani 1986 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo\u2018ldi. O\u2018tkir Hoshimov hikoya janrida ham unumli ijod qilgan. Xususan, uning \u201cMuhabbat\u201d, \u201cDehqonning bir kuni\u201d, \u201cUrushning so\u2018nggi qurboni\u201d, \u201cO\u2018zbek ishi\u201d kabi asarlari o\u2018zbek hikoyachiligi rivojiga salmoqli hissa bo\u2018lib qo\u2018shildi. Uning \u201cQalbning oppoq daftari\u201d, \u201cMuqaddas qasamni buzganlar\u201d, \u201cAvlodlarga nima deymiz\u201d, \u201cMantiq qani?\u201d, \u201cDavlat siri\u201d kabi maqolalari esa so\u2018nggi yillar o\u2018zbek publitsistikasining yutuqlaridan biri bo\u2018ldi. O\u2018tkir Hoshimov mohir hikoyanavis, qissanavis, romannavis va publitsistgina emas, dramaturg sifatida ham zamonaviy adabiyot rivojiga ta\u2019sir ko\u2018rsatdi. Uning \u201cHazon bo\u2018lgan bahor\u201d, \u201cTo\u2018ylar muborak\u201d, \u201cVijdon dorisi\u201d, \u201cInson sadoqati\u201d, \u201cQatag\u2018on\u201d drama va komediyalari Respublika teatrlari sahnalaridan munosib o\u2018rin egallagan. \u201cDaftar hoshiyasidagi bitiklar\u201d (2001) kitobi ijtimoiy-ma\u2019naviy hayotda muayyan iz qoldirgan. O\u2018tkir Hoshimov tarjimon sifatida O. Berggolts, S. Sveyg, Mustay Karim, V. Shukshin asarlarini o\u2018zbek tiliga ag\u2018dargan. Uning eng yaxshi va sara asarlari rus va boshqa tillarga tarjima etilgan. Adibning jami nashr etilgan asarlari ellikdan ortiq bo\u2018lib, ularning umumiy tiraji qariyb ikki milliondan oshadi. O\u2018. Hoshimovga samarali ijodiy mehnati uchun 1991 yili \u201cO\u2018zbekiston xalq yozuvchisi\u201d faxriy unvoni berilgan. \u201cMehnat shuhrati\u201d (1996), \u201cBuyuk xizmatlari uchun\u201d (2001) ordenlari bilan mukofotlangan. 2013 yil 24 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>O\u2018tkir Hoshimovning eng sara asarlari <\/strong><strong>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;<\/strong><strong>qayta chop etildi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi \u00abO\u02bbqituvchi\u00bb nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan adabiyot muxlislariga atoqli adib O\u2018tkir Hoshimovning bir qator asarlari nashr etildi. Bu kitoblar orasida\u00a0\u00abBahor qaytmaydi\u00bb, \u00abNur borki soya bor\u00bb, \u00abIkki eshik orasi\u00bb, \u00abDunyoning ishlari\u00bb, \u00abTushda kechgan umrlar\u00bb\u00a0kabi millionlab o\u2018quvchilar mehrini qozongan asarlarni uchratish mumkin. <\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" width=\"222\" height=\"222\" src=\"https:\/\/xojayli-takm.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/\u0420\u0438\u0441\u0443\u043d\u043e\u043a11.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-1977\" srcset=\"https:\/\/xojayli-takm.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/\u0420\u0438\u0441\u0443\u043d\u043e\u043a11.jpg 222w, https:\/\/xojayli-takm.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/\u0420\u0438\u0441\u0443\u043d\u043e\u043a11-150x150.jpg 150w\" sizes=\"(max-width: 222px) 100vw, 222px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-table\"><table class=\"has-fixed-layout\"><tbody><tr><td>&nbsp; &nbsp; &nbsp; Hoshimov, O\u02bb. Bahor qaytmaydi : qissa va hikoyalar \/ O\u02bbtkir Hoshimov.- Toshkent : Yangi asr avlodi, 2016. \u2013 280 b.<\/td><td>&nbsp;<\/td><\/tr><tr><td colspan=\"2\">\u201cBahor qaytmaydi\u201d qissasi inson umrining va shuhratining boqiy emasligi haqida. Asarda yozuvchi iste\u2019dod ega, biroq uning qadriga yetmagan, ulug\u02bb maqsadlardan mahrum, xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma\u2019naviy inqirozini ijodkorona yoritib beradi. Ana shu ijodkorona tahlil tasvirning tuyg\u02bbularga boyligi va samimiyligi bilan o\u02bbquvchilarning qalbiga yo\u02bbl topdi, ko\u02bbplarni hayajonga soldi. Qissa matnida boshdan-oyoq muallifning o\u02bbta nozik va nafis kuzatishlari, qalbi tebranishlari, rang-barang kechinmalari, zavq-shavqi, armon-o&#8217;kinchlari, xilma-xil tuyg\u02bbulari aks etgan.<\/td><\/tr><tr><td>\u00a0 \u00a0 \u00a0288 b.<\/td><td>&nbsp;<\/td><\/tr><tr><td colspan=\"2\"><\/td><\/tr><\/tbody><\/table><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" width=\"229\" height=\"217\" src=\"https:\/\/xojayli-takm.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/\u0420\u0438\u0441\u0443\u043d\u043e\u043a12.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-1978\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p> Hoshimov, O\u02bb. Nur borki, soya bor. [Matn] : roman \/ O\u02bbtkir Hoshimov. \u2013 Toshkent : \u201cNurli dunyo\u201d nashriyot uyi, 2024. \u2013 288 b.<\/p>\n\n\n\n<p>  O\u02bbtkir Hoshimovning jasorati shundaki, u aynan turg&#8217;unlik davri avj nuqtalarga chiqqan bir davrda bu romanni yaratdi. Turg\u02bbunlik davri illatlarini Sayfi Soqievich, Sirojiddin singari obrazlar orqali fosh etdi. Romanning bosh qahramoni Sherzod hali hayotiy tajribasi kam bo\u2018lgan yosh jurnalist, u ham xalq dardi bilan yashaydigan odam, haqparastlikni O\u02bbtkir Hoshimov singari o\u02bbziga shior qilib olgan yigit. Muallif asarda jamiyatning muvozanati buzulganligini aks ettiradi va Sherzod obrazi orqali shu muvozanatni joyiga keltirishga harakat qiladi. \u00a0 <\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"237\" height=\"209\" src=\"https:\/\/xojayli-takm.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/\u0420\u0438\u0441\u0443\u043d\u043e\u043a14.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-1980\"\/><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-table\"><table class=\"has-fixed-layout\"><tbody><tr><td>&nbsp; &nbsp; Hoshimov, O\u02bb. Dunyoning ishlari. [Matn] : qissa \/ O\u02bbtkir Hoshimov. \u2013 Toshkent : Sharq , 2008. \u2013208&nbsp; b.<\/td><td>&nbsp;<\/td><\/tr><tr><td colspan=\"2\">&nbsp;Ona va bola o\u02bbrtasidagi mehr-muhabbat, insoniy munosabatlar haqidagi qissa. Asarda oila qadriyatlari, o\u02bbzbek xalqining urf-odatlari va milliy an\u2019analari tasvirlangan. Qissa avtobiografik unsurlarga boy. Ona siymosi dunyodagi barcha xalqlar uchun muqaddas va mo\u02bbtabardir. Ularni birlashtirib turuvchi mushtarak fazilatlar bisyor. Lekin ayni vaqtda har bir xalqqa, millatga mansub ona siymosi o\u02bbz fe\u02bbl-atvori, tabiati, ichki va tashqi dunyosi hatto, portreti bilan muayyan darajada farqlanib turadi. \u201cOdamning qalbida qanday oliyjanob tuyg\u02bbular mavjud bo\u02bblsa, ularning barchasi avvalo onadir. O\u02bbzbek adabiyotida ona obrazining go\u02bbzal va betakror namunalarini yaratgan yozuvchilardan biri O\u02bbzbekiston xalq yozuvchisi O\u02bbtkir Hoshimovdir. Ushbu maqolada yozuvchi O\u02bbtkir Hoshimov qalamiga mansub \u201cDunyoning ishlari\u201d qissasi haqida fikr yuritiladi. Unda yozuvchinig ona obraziga bergan chizgilari badiiy mahorat sifatida baholanadi. Muallifning asarga ona obrazi orqali bergan bezagi ilmiy mushohadaga jalb etiladi. &nbsp;<\/td><\/tr><\/tbody><\/table><\/figure>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>bibliografiya x\u0131zmeti \u201cBadiiy so\u02bbzni jonlantirgan ijodkor\u201d\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00d3zbekstan xal\u0131q jaz\u0131wsh\u0131s\u0131\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0O\u02bbtkir Xoshimov tuw\u0131l\u01f5an\u0131na 85 j\u0131l. &nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Tavsiya bibliografiyasi XX asr ikkinchi yarmi o\u02bbzbek adabiyoti, aniqrog\u02bbi, nasri rivojida O\u02bbtkir Hoshimovning munosib o\u02bbrni bor. Yozuvchi o\u02bbz asarlarida hamisha haq gapni aytishga intildi. Shu bois ham ijodkorning hikoya, pyesa, romanlari xalqimizning sevimli asarlari qatoridan o\u02bbrin oldi. O\u02bbtkir Hoshimovning yana bir [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-1975","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-yangiliklar"],"blocksy_meta":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/xojayli-takm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1975","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/xojayli-takm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/xojayli-takm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/xojayli-takm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/xojayli-takm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1975"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/xojayli-takm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1975\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1981,"href":"https:\/\/xojayli-takm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1975\/revisions\/1981"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/xojayli-takm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1975"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/xojayli-takm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1975"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/xojayli-takm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1975"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}