Our Location
304 North Cardinal St.
Dorchester Center, MA 02124
2025-yil 7-avgust kuni Xo‘jayli tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xo’jayli tuman bo’limi bilan hamkorlikda “Aydin jol” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu tadbir oromgohda dam olayotgan bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kitob o‘qishga, jamoaviy ishlashga va mustaqil fikrlashga o‘rgatish maqsadida tashkil etildi. Tadbir so’ngida tashkillashtiruvchilar tomonidan guruhlar munosib taqdirlandi. «Zakovat» o‘yini ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi va oromgoh hayotiga yanada fayz bag‘ishladi. https://instagram.com/xojayli_takm https://www.facebook.com/profile.php?id=61576727666387 https://www.youtube.com/@xojaylitakm https://t.me/xujaylikutubxona

