Our Location

304 North Cardinal St.
Dorchester Center, MA 02124

BUVIJONLAR_O’GITI

«15-may Xalqaro oila kuni» munosabati bilan Xo’jayli tumani Axborot kutubxona markazida «Buvijonlar o’giti» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Qadimdan yoshi ulug‘lar hamisha yoshlar uchun ibrat bo‘lib kelganlar. “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan xalqimizning maqoli hech bir davrda o‘z qadrini, mohiyatini yo‘qotmaydi. Tadbirda so‘zga chiqqan nuroniylar mahalladagi tinchlik va osoyishtalikka, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga hamisha mas’ulmiz-deydi.Yoshimiz ulug‘ deb, ayrim salbiy holatlarga ko‘z yumishga haqqimiz yo‘q. Oila, mahalla, yurt tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida birgalikda hayotiy tajribalarimizga asoslangan holda ish yuritsak, vatanimiz ravnaqiga o‘zimizning munosib ulushimizni qo‘shgan bo‘lamiz.Tadbirga tumandagi «Buvijonlar maktabi» va «Oqila ayollar» harakati  a’zolari ishtirok etishdi. https://t.me/xujaylikutubxona https://t.me/xujayliTAKM https://www.facebook.com/profile.php?id=61576727666387 https://t.me/xujaylikutubxona https://instagram.com/xojayli_takm https://www.youtube.com/@xojaylitakm

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan