Our Location
304 North Cardinal St.
Dorchester Center, MA 02124
8-fevral kuni Xoʻjayli tumani Axborot va- kutubxona markazida soʻz mulkining sultoni A. Navoiyning 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligi munosabati bilan badiiy musiqali kecha boʻlib oʻtdi. Kechaga tumanimizdagi Maktabgacha va maktab tálimi vazirligiga qarashli 3 – sonli maktab oʻquvchilari tashrif buyurdi. Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarini, tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egallagan. Tadbir soʻngida Axborot – kutubxona markazinining Bibliografiya xizmati xodimi Z. Nurlepesova sharh berib oʻtdi.



