Our Location

304 North Cardinal St.
Dorchester Center, MA 02124

#Zulfiya tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

tavalludining _111 yilligi.
Xo’jayli tumani Axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, sevimli shoira Zulfiya tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.Tadbir davomida shoira hayoti va ijodi, uning Vatanga muhabbat, sadoqat, matonat hamda ayol qalbi go‘zalligini tarannum etgan betakror she’rlari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ishtirokchilar tomonidan Zulfiya she’rlaridan namunalar o‘qildi, uning boy adabiy merosi bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.Mazkur tadbirda Xo‘jayli tumani Parvoz MFY xotin-qizlar faoli D. Xalbayeva, yoshlar yetakchisi Sh. Kalilaeva hamda 2-sonli maktabning o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi A. Yuldashevalar faol ishtirok etdilar. Ular shoira ijodining ma’naviy ahamiyati, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda

https://t.me/xujayliTAKM

https://www.facebook.com/profile.php?id=61576727666387

https://instagram.com/xojayli_takm

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan