Our Location
304 North Cardinal St.
Dorchester Center, MA 02124
bibliografiya xızmeti

“Badiiy soʻzni jonlantirgan ijodkor” Ózbekstan xalıq jazıwshısı Oʻtkir Xoshimov tuwılǵanına 85 jıl.
Tavsiya bibliografiyasi
XX asr ikkinchi yarmi oʻzbek adabiyoti, aniqrogʻi, nasri rivojida Oʻtkir Hoshimovning munosib oʻrni bor. Yozuvchi oʻz asarlarida hamisha haq gapni aytishga intildi. Shu bois ham ijodkorning hikoya, pyesa, romanlari xalqimizning sevimli asarlari qatoridan oʻrin oldi. Oʻtkir Hoshimovning yana bir xislati, adib hech qachon yolgʻon gap aytmagan. U oʻtkinchi mayllarga berilmay, soʻz san’atining azaliy muammosi shaxs jumbog’i, ijtimoiy adolat tuyg’usi ifodasi bilan qiziqdi. Adabiyot dunyosida “nasrdagi tarona”, “nasrdagi shoir” atamalari bor. Yangi oʻzbek adabiyotida Abdulla Qodiriy bilan Said Ahmad haqli ravishda prozaning shoiri deb nom olganlar. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida Oʻtkir Hoshimovni ham nasrdagi shoir, yetuk asarlarini esa nasrdagi qoʻshiq, tarona deb atash mumkin.
Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan esa yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyatiga qiziquvchi o‘quvchilar, o‘qituvchilar, talaba yoshlar va barcha foydalanuvchilar uchun adabiyotlarning Tavsiya bibliografiyasi tayyorlanmoqda.
Bu tavsiya ro‘yxati 3 qismdan iborat
1. Oʻtkir Hoshimovning hayoti
2. Oʻtkir Hoshimovning ijodi.
3. Oʻtkir Hoshimovning mukofotlari
Oʻtkir Hoshimovning hayoti
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov Toshkentning Do‘mbirobod dahasida 1941 yilning 5 avgustida tavallud topgan bo‘lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u o‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirgan bo‘lsa ham oilaviy sharoiti yuzasidan ishlab turib o‘qishga majbur bo‘lgan. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining sirtqi bo‘limida o‘qish bilan “Temir yo‘lchi”, “Toshkent haqiqati”, “Qizil O‘zbekiston” kabi gazetalarda turli yumushlarni bajargan. 1966—1982 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida bo‘lim mudiri, 1982—1985 yillarda G‘.G‘ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o‘rinbosari, 1985 yildan boshlab esa “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlab keladi. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati hamda Matbuot va axborot qo‘mitasining raisi bo‘lib ham ishlagan.
Ijodi O‘tkir Hoshimov ijodi publitsistikadan boshlangan bo‘lib, birinchi kitobi 1962 yilda “Po‘lat chavandoz» nomi bilan bosilib chiqqan. Uning ilk hikoyasi esa 1963 yili “To‘rt maktub” nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik mazkur hikoya asosida “Cho‘l havosi” (1963) qissasi yaratilgan. Mazkur qissa haqida ustoz Abdulla Qahhordan olingan maktub, yosh adib ilhomiga ilhom qo‘shdi, dalda berdi. Shundan so‘ng uning “Odamlar nima derkin”, “Shamol esaveradi” qissalari maydonga keldi. Ayniqsa, adibning “Bahor qaytmaydi” (1970), “Qalbingga quloq sol” (1973) kabi qissalari yozuvchiga shuhrat keltirdi. Davlat mukofatlari 1976 yilda mazkur asarlar muallifi Respublika Yoshlar mukofotiga sazovor bo‘ldi. Adib “Nur borki, soya bor” (1976) romanida jamiyat ijtimoiy hayotidagi illatlarni, turg‘unlikning mohiyatini ochish asnosida davrning muhim ma’naviy-axloqiy masalalarini ko‘tarib chiqdi. Shundan so‘ng u yana bir go‘zal asarni — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek mukofoti bilan taqdirlangan “Dunyoning ishlari” (1982) qissasini yaratib, ma’naviyat haqidagi bahsni davom ettirdi. O‘tkir Hoshimov ijodida “Ikki eshik orasi” romani alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan va bir qator chigal hamda murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining tarixiy qismatini mahorat bilan umumlashtirib berdi. Shu tufayli ham O‘. Hoshimov romani 1986 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. O‘tkir Hoshimov hikoya janrida ham unumli ijod qilgan. Xususan, uning “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Urushning so‘nggi qurboni”, “O‘zbek ishi” kabi asarlari o‘zbek hikoyachiligi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. Uning “Qalbning oppoq daftari”, “Muqaddas qasamni buzganlar”, “Avlodlarga nima deymiz”, “Mantiq qani?”, “Davlat siri” kabi maqolalari esa so‘nggi yillar o‘zbek publitsistikasining yutuqlaridan biri bo‘ldi. O‘tkir Hoshimov mohir hikoyanavis, qissanavis, romannavis va publitsistgina emas, dramaturg sifatida ham zamonaviy adabiyot rivojiga ta’sir ko‘rsatdi. Uning “Hazon bo‘lgan bahor”, “To‘ylar muborak”, “Vijdon dorisi”, “Inson sadoqati”, “Qatag‘on” drama va komediyalari Respublika teatrlari sahnalaridan munosib o‘rin egallagan. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” (2001) kitobi ijtimoiy-ma’naviy hayotda muayyan iz qoldirgan. O‘tkir Hoshimov tarjimon sifatida O. Berggolts, S. Sveyg, Mustay Karim, V. Shukshin asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dargan. Uning eng yaxshi va sara asarlari rus va boshqa tillarga tarjima etilgan. Adibning jami nashr etilgan asarlari ellikdan ortiq bo‘lib, ularning umumiy tiraji qariyb ikki milliondan oshadi. O‘. Hoshimovga samarali ijodiy mehnati uchun 1991 yili “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni berilgan. “Mehnat shuhrati” (1996), “Buyuk xizmatlari uchun” (2001) ordenlari bilan mukofotlangan. 2013 yil 24 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.
O‘tkir Hoshimovning eng sara asarlari qayta chop etildi
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi «Oʻqituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan adabiyot muxlislariga atoqli adib O‘tkir Hoshimovning bir qator asarlari nashr etildi. Bu kitoblar orasida «Bahor qaytmaydi», «Nur borki soya bor», «Ikki eshik orasi», «Dunyoning ishlari», «Tushda kechgan umrlar» kabi millionlab o‘quvchilar mehrini qozongan asarlarni uchratish mumkin.

| Hoshimov, Oʻ. Bahor qaytmaydi : qissa va hikoyalar / Oʻtkir Hoshimov.- Toshkent : Yangi asr avlodi, 2016. – 280 b. | |
| “Bahor qaytmaydi” qissasi inson umrining va shuhratining boqiy emasligi haqida. Asarda yozuvchi iste’dod ega, biroq uning qadriga yetmagan, ulugʻ maqsadlardan mahrum, xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy inqirozini ijodkorona yoritib beradi. Ana shu ijodkorona tahlil tasvirning tuygʻularga boyligi va samimiyligi bilan oʻquvchilarning qalbiga yoʻl topdi, koʻplarni hayajonga soldi. Qissa matnida boshdan-oyoq muallifning oʻta nozik va nafis kuzatishlari, qalbi tebranishlari, rang-barang kechinmalari, zavq-shavqi, armon-o’kinchlari, xilma-xil tuygʻulari aks etgan. | |
| 288 b. | |

Hoshimov, Oʻ. Nur borki, soya bor. [Matn] : roman / Oʻtkir Hoshimov. – Toshkent : “Nurli dunyo” nashriyot uyi, 2024. – 288 b.
Oʻtkir Hoshimovning jasorati shundaki, u aynan turg’unlik davri avj nuqtalarga chiqqan bir davrda bu romanni yaratdi. Turgʻunlik davri illatlarini Sayfi Soqievich, Sirojiddin singari obrazlar orqali fosh etdi. Romanning bosh qahramoni Sherzod hali hayotiy tajribasi kam bo‘lgan yosh jurnalist, u ham xalq dardi bilan yashaydigan odam, haqparastlikni Oʻtkir Hoshimov singari oʻziga shior qilib olgan yigit. Muallif asarda jamiyatning muvozanati buzulganligini aks ettiradi va Sherzod obrazi orqali shu muvozanatni joyiga keltirishga harakat qiladi.

| Hoshimov, Oʻ. Dunyoning ishlari. [Matn] : qissa / Oʻtkir Hoshimov. – Toshkent : Sharq , 2008. –208 b. | |
| Ona va bola oʻrtasidagi mehr-muhabbat, insoniy munosabatlar haqidagi qissa. Asarda oila qadriyatlari, oʻzbek xalqining urf-odatlari va milliy an’analari tasvirlangan. Qissa avtobiografik unsurlarga boy. Ona siymosi dunyodagi barcha xalqlar uchun muqaddas va moʻtabardir. Ularni birlashtirib turuvchi mushtarak fazilatlar bisyor. Lekin ayni vaqtda har bir xalqqa, millatga mansub ona siymosi oʻz feʻl-atvori, tabiati, ichki va tashqi dunyosi hatto, portreti bilan muayyan darajada farqlanib turadi. “Odamning qalbida qanday oliyjanob tuygʻular mavjud boʻlsa, ularning barchasi avvalo onadir. Oʻzbek adabiyotida ona obrazining goʻzal va betakror namunalarini yaratgan yozuvchilardan biri Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovdir. Ushbu maqolada yozuvchi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub “Dunyoning ishlari” qissasi haqida fikr yuritiladi. Unda yozuvchinig ona obraziga bergan chizgilari badiiy mahorat sifatida baholanadi. Muallifning asarga ona obrazi orqali bergan bezagi ilmiy mushohadaga jalb etiladi. | |