Our Location

304 North Cardinal St.
Dorchester Center, MA 02124

Ayolga ehtirom yuksak_ qadriyat.

Xo’jayli tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-fevral – 15-mart kunlari «Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat baxtlidir» shiori ostida «Ayollarni ezozlash» oyligini o’tkazish maqsadida «Ayolga ehtirom yuksak qadriyat» mavzusida kitob ko’rgazma tashkillashtirildi. Ayol – hayot beshigi, mehr va sadoqat timsoli. Ona sifatida farzand tarbiyasiga poydevor qo‘yadi, ustoz sifatida bilim beradi, opa-singil sifatida mehr ulashadi. Ayolni e’zozlash – jamiyatning ma’naviy yuksakligidan dalolatdir.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ham o‘z asarlarida ayolning latofati, vafosi va donoligini ulug‘lagan. Bu esa ajdodlarimiz qadimdan ayolni qadrlaganini ko‘rsatadi. Ayolni qadrlash – bu kelajakni qadrlashdir. Ayolga hurmat bor joyda baraka, tinchlik va taraqqiyot bo‘ladi.
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan